"Buxoro Agroklaster" MCHJ tarkibida yangi korxona

Jizzax viloyatining Mirzacho'l tumanida 35 ming tonna paxta xomashyosini qayta ishlash quvvatiga ega paxta tozalash zavodi ishga tushirildi. Korxona 2023 yil iyul-dekabr oylarida “Buxoro Agroklaster” MCHJ bo'linmalari tomonidan qurildi.

Korxona asosan zamonaviy mahalliy texnologik uskunalar bilan jihozlangan. Barcha jinlar va linterlar paxta/urug'lik chigitlarni etkazib berishni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bilan jihozlangan. Xitoyning "Nantong cotton machinery" kompaniyasining presslari tayyor mahsulotlarni presslash uchun o'rnatildi.

Korxonada 2 ta tayyorlov punkti mavjud. Tuman fermer xo'jaliklariga xizmat ko'rsatish uchun korxona zarur miqdorda yuqori samarali qishloq xo'jaligi texnikasini sotib oldi.

Agroкlaster ushbu hududda jami 30 million AQSh dollari miqdoridagi loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda, ularning yarmidan ko'pi o'zlashtirilib bo'lindi.

Matbuot markazi.

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари