Yangi mavsum hosiliga mustahkam zamin

"Buxoro Agroklaster" MCHJ mehnatkashlari 2024 yil mavsumida 76 ming 143 tonnalik paxta xirmonini yaratish ustida hormay-tolmay mehnat qilmoqdalar.

Bu maqsadlarda bugunga qadar jami 37 ming 454 gektar maydonlarga chigit ekildi. Xorijdan keltirilgan yuqori hosilli urug'lik chigit 2 ming 741 gektarda ekilgan. Paxta maydonlarining 6 ming 852 gektarida urug'lik plyonka ostiga ekildi. Maydonlardan yuqori hosil olish maqsadida urug'lik chigitni ekish 609 gektar maydonda qo'shqator usulida olib borilgan.

Tayyorlanadigan paxta hosilining 3 ming 702 tonnasini agroklasterga qarashli korxonalarda etishtirilishi rejalashtirilgan. Ularda bu maiqsadlarda 875 gektar maydonga chigit ekildi.

Bugungi kunga kelib g'o'za unib chiqqan maydonlarda qator oralariga agrotexnik ishlovlar berish ishlari olib borilmoqda.

Matbuot markazi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Янгиликлар

ЎзА янгиликлари